Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinadi – “Reuters”

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning rejasi Qrimni Rossiya deb tan olish, Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlash va Ukrainaning NATOga qo‘shilmasligini nazarda tutadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH tomonidan e’lon qilingan takliflarning to‘liq ro‘yxatini Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff joriy yilning 17 aprel kuni Parijdagi muzokaralarda yevropalik hamkasblariga taqdim etgan.

U quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi:

  • Har ikki tomon zudlik bilan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishning texnik jihatlari bo‘yicha muzokaralarga kirishadi;
  • Ukraina ishonchli xavfsizlik kafolatlarini oladi;
  • Kafil davlatlar Yevropa davlatlarining maxsus guruhi va bunga xohish bildirgan noyevropa davlatlari bo‘ladi;
  • Ukraina NATOga a’zo bo‘lishga intilmaydi;
  • Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun hududga da’vo qilishi mumkin;
  • AQSH Rossiyaning Qrim ustidan nazoratini tan oladi (de-yure);
  • AQSH Rossiyaning Lugansk ustidan nazoratini tan oladi (de-fakto);
  • AQSH Zaporoje, Donetsk va Xersonning Rossiya nazorati ostidagi qismlarini tan oladi (de-fakto);
  • Ukraina Xarkov viloyatidagi hududni qaytarib oladi;
  • Ukraina Zaporoje atom elektr stansiyasini AQSH tomonidan nazorat qilish va boshqarish, elektr energiyasini ikki tomonga taqsimlash, shuningdek, Kaxovka to‘g‘oni orqali nazoratni qaytarib oladi;
  • Ukraina Dnepr daryosi bo‘ylab to‘siqsiz o‘tish imkoniyatiga va Kinburn qirg‘og‘i ustidan iqtisodiy nazoratga egalik qiladi;
  • Qo‘shma Shtatlar va Ukraina iqtisodiy hamkorlik va foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvni amalga oshiradi;
  • Ukraina to‘liq rekonstruksiya qilinadi va moliyaviy kompensatsiya oladi;
  • Ushbu mojaro oqibatida 2014 yildan beri Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar bekor qilinadi;
  • Energetika va boshqa sanoat sohalarida Amerika-Rossiya iqtisodiy hamkorligi amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish joriy yilning 17 aprel kuni Parijda AQSH, Ukraina va Yevropa davlatlari vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Ukraina Prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak muzokaralarni “juda mazmunli” deb atagan. Ukraina rasmiylari mart oyida Saudiya Arabistonida AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuvda bildirilgan pozitsiyani takrorlagan. Moskva ham shunday qilsa, Kiyev sulhga rozi bo‘ladi. Kreml Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini qo‘llab-quvvatlashini, biroq bungacha Ukrainani harbiylashtirish bilan bog‘liq “bir qator savollarga javob berish” kerakligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens 23 aprel kuni Hindistonda jurnalistlar bilan uchrashuvda agar AQSH o‘z takliflariga ijobiy javob olmasa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilishdan bosh tortishi haqida aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya sanktsiyalar muzokaralar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing