Rossiyaga qo‘llangan sanksiyalar ta’sir qilmadi – Yevroparlament deputati

Olam

image

Belgiya sobiq bosh vaziri, Yevroparlament deputati Gi Verxofstadt Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar natijasini muvaffaqiyatsiz, deb atadi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Verxofstadt 2022 yilning fevral va avgust oylarida Rossiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aylanma hajmi bilan 2021 yilning xuddi shu davri o‘rtasidagi tafovut aks etgan ro‘yxatni ilova qilgan va sanksiyalar Rossiya g‘aznasi uchun foyda keltirganini qayd etgan.

Ilovada keltirilgan, Yevropa Ittifoqining rasmiy statistika xizmati – “Yevrostat”, ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning fevral–avgust oylaridagi savdo hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan Sloveniyada 346, Lyuksemburgda 262, Gretsiyada 142, Avstriyada 139, Kiprda 138, Vengriyada 132, Bolgariyada 116 foizga o‘sgan.

Shunga qaramay, Rossiya bilan savdo hajmini kamaytirgan mamlakatlar ham yo‘q emas. Jumladan, Shvetsiyada 60, Daniyada 44, Litvada 25, Irlandiyada 20, Estoniyada 14, Latviyada 8 va Finlyandiyada 7 foizga savdo hajmi qisqargan.

Rossiya OAVda qayd etilishicha, Rossiya-Ukraina boshlanganidan so‘ng, G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirgan, ammo bu G‘arbning o‘zida yonilg‘i narxining oshishi va rekord darajadagi inflyatsiyani keltirib chiqargan.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiyani zaiflashtirish uchun joriy etilgan sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Ukrainadagi mojaro tufayli Britaniyadagi iqtisodiy qiyinchiliklar 2023 yilda ham davom etishini aytgan edi. Rossiyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda esa 68% rossiyaliklar sanksiyalardan aziyat chekkanini tan olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi Evroparlament

Baholaganlar

1

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing