68% rossiyaliklar sanksiyalardan aziyat chekkanini tan oldi

Olam

image

O‘n nafar rossiyalikdan yetti nafari 2022 yildagi voqealar ularning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini tan oldi. Bu haqda RBK HeadHunter tadqiqotiga tayanib xabar berdi.

2022 yil voqealari, jumladan, Ukrainada urush boshlanganidan keyin sanksiyalar bosimi rossiyaliklarning 68 foizining ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Boshqa joylarga qaraganda salbiy ta’sir ko‘proq Moskva va Sankt-Peterburg xodimlari tomonidan qayd etilgan.

O‘tayogan yil voqealari erkaklar martabasiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatgan – buni respondentlarning 70 foizi qayd etgan. Ayollar orasida bu ko‘rsatkich 65 foizni tashkil etgan. Yosh bo‘yicha eng ko‘p zarar ko‘rgan guruh 25–34 yoshlilar, eng kam zararlanganlar esa 55 yoshdan oshgan rossiyaliklar bo‘lgan.

Ko‘pchilik (62 foiz) sanksiya bosimining o‘z faoliyatiga salbiy ta’sirini payqagan, atigi to‘rt foizi sanksiyalar foydali ekanini aytgan. Salbiy ta’sir ko‘proq san’at va ommaviy axborot vositalari, marketing va reklama, IT va telekom bilan bog‘liq bo‘lganlar ishida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu haqda ushbu soha vakillarining qariyb 80 foizi xabar bergan.

Shu bilan birga, rossiyaliklarning deyarli yarmi (41 foizi) 2022 yilda o‘z kompaniyalarida ishdan bo‘shatilgani haqida xabar bergan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing