Britaniyadagi iqtisodiy qiyinchiliklar 2023 yilda ham davom etadi – Sunak

Olam

image

Ukrainadagi mojaro tufayli Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy qiyinchiliklar 2023 yilda ham davom etadi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Rishi Sunak videomurojaatida aytib o‘tdi.

"Men barcha muammolarimiz yangi yilda tugaydi, deb da’vo qilmoqchi emasman. Ammo 2023 yil bizga Buyuk Britaniyadagi eng yaxshisini jahon sahnasida namoyish qilish imkoniyatini beradi", deydi hukumat rahbari.

U Buyuk Britaniya iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, Ukraina hukumatini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytib o‘tgan.

“O‘tgan 12 oyni sarhisob qilsak, 2022 yil elektr energiyasi narxining misli ko‘rilmagan o‘sishiga duch kelgan ko‘plab britaniyaliklar uchun og‘ir yil bo‘ldi”, deydi u.

Milliy statistika boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada noyabr oyida inflyatsiya yillik hisobda 10,7 foizni tashkil etgan. Narxlar o‘sishining asosiy sababi esa Ukrainadagi mojaro tufayli G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi sanksiya urushidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing