Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalariga Eron ham kiritilmoqda

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 10-paketiga Bryussel birinchi marta uchinchi davlat tashkilotlarini kiritdi. Yevrokomissiya takliflarini taqdim etar ekan, uning rahbari Ursula fon der Lyayen sanksiya paketiga, Bryusselga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlovchi 7 ta Eron tashkiloti kiritilishini aytdi. 

“Inqilobiy gvardiya Rossiyani Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilish uchun uchuvchisiz uchoqlar bilan ta’minladi. Shuning uchun biz sanksiyalar rejimimizga yettita Eron tashkilotini qo‘shmoqdamiz. Ularga sanksiya qo‘yish, Eronga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berish va Rossiyada ishlab chiqarish maydonchalarini qurish uchun texnik ma’lumotlarni uzatishda qarshilik ko‘rsatish Yevropa Ittifoqining burchidir”, deydi fon der Lyayen.  

Moskva va Tehron Rossiya Ukrainada foydalanish uchun Eron dronlarini yetkazib berayotgani haqidagi da’volarni rad etadi. 

Sanksiyalar, shuningdek, qo‘shimcha eksport taqiqlarini ham o‘z ichiga oladi. Yevroittifoqdan Rossiyaga eksport qilish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatiga elektronika uchun butlovchi qismlar, reaktiv dvigatellar uchun ehtiyot qismlar, turli ehtiyot qismlar, antennalar va kranlar, shuningdek, nodir tuproq elementlari va termal kameralar kirishi mumkin. Ularning umumiy qiymati 11 milliard yevrodan ortiqqa baholanmoqda. 

Bundan tashqari, sanksiyalar ro‘yxatida rossiyalik targ‘ibotchilar va harbiy qo‘mondonlik vakillari ham bo‘lishi mumkin. 

Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan urushning bir yilligi – 24 fevralgacha cheklovlarning o‘ninchi paketini qabul qilishini kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron Evropa Ittifoqi santsiyalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing