Rossiyaga ish izlab borganlarning 42 foizini o‘zbekistonliklar tashkil etdi

Olam

image

2022 yilda Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan xorijiy fuqarolar soni 3,47 million kishini tashkil etdi. Bu 2021 yilga nisbatan uch baravar ko‘p. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari esa mamlakatga kelgan barcha mehnat muhojirlari orasida yetakchi bo‘lgan. Bu haqda “Finexpertiza” audit va konsalting tarmog‘i tahliliy xizmati ma’lum qildi.  

“Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda 13 million xorijlik Rossiya chegarasini kesib o‘tgan, ulardan 3,47 million kishi yoki barcha kiruvchilarning to‘rtdan biridan ko‘prog‘i (26,6 foiz) o‘z kelish maqsadi sifatida ishlashni ko‘rsatgan”, deyiladi materiallarda. 

Koronavirus pandemiyasi avjiga chiqqan 2020 yilda chet ellik ishchilar oqimi 1,1 million kishiga qisqardi (11,2 foiz yoki barcha kirganlarning to‘qqiztasidan biri). 2019 yilda pandemiyadan oldingi davrda 4,1 million xorijlik ishlash maqsadida kelgan (12,5 foiz yoki har sakkizinchi).

“Koviddan oldingi davr bilan taqqoslaganda, 2022 yilda Rossiya Federatsiyasiga kirgan xorijliklarning umumiy soni 2,5 baravar kam bo‘lgan, mehnat muhojirlari soni esa sezilarli darajada kamaygan – atigi 15,3 foiz (yoki 626 ming kishi)”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Rossiyaga turizm (96 foizga yoki 4,9 million), ish uchrashuvlari (89,7 foiz yoki 3,1 million), shuningdek shaxsiy tashriflar (61,2 foiz yoki 10,3 million) uchun kelgan xorijiy fuqarolar ham bor.  

“Finexpertiza”  prezidenti Yelena Trubnikova 2022 yilda Rossiya mehnat bozoriga xos bo‘lgan ko‘k yoqali ishchilar taqchilligi kuchayganini ta’kidladi. 

“Ishchi mutaxassisliklar sohasida xorijlik ishchilarning ulushi an’anaviy ravishda yuqori bo‘lib, ularga bo‘lgan ehtiyoj endi yanada ortdi. Kadrlar tanqisligi fonida kurerlar,  haydovchilar, ta’mirchilar, omborchilar, yuk ko‘taruvchilar va quruvchilarning maoshlari o‘sa boshladi. Rossiya bozori rublning mustahkamlanishi tufayli chet elliklar uchun qo‘shimcha jozibadorlikni oldi, buning natijasida xorijiy valyutadagi daromadlar sezilarli darajada oshdi”, deydi u. 

Ishchi kuchi oqimi

Tahliliy xizmat materiallaridan ma’lum bo‘lishicha, 2022 yilda O‘zbekiston va Tojikistondan mehnat muhojirlari oqimi sezilarli darajada oshgan. Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Vetnam, Moldova, Turkiya, Turkmaniston va Xitoydan kelgan ishchilar soni ham sezilarli darajada ko‘paygan. Shu bilan birga, Armaniston, Ukraina, Serbiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH, Chexiya, Avstriya va Niderlandiya fuqarolari Rossiyaga kamroq kela boshlagan. 

“2022 yilda Rossiyaga ishlash uchun kelgan barcha xorijliklar orasida eng katta ulush O‘zbekiston fuqaroligi hissasiga to‘g‘ri keladi (41,9 foiz yoki 1,45 million kishi), chorakdan ko‘prog‘ini Tojikiston fuqarolari (28,4 foiz yoki 986,7 ming kishi) tashkil etdi. Uchinchi o‘rinda Qirg‘izistondan kelgan muhojirlar bormoqda (16,2 foiz yoki 562,6 ming kishi)”, deya xabar beradi “Finexpertiza”.

Bundan tashqari, Armaniston, Qozog‘iston va Ozarbayjon ham salmoqli ulushga ega. Turkiya, Xitoy, Vetnam va Moldova ham asosiy mehnat donorlari o‘ntaligiga kiradi. 

“Boshqa mamlakatlarda tug‘ilganlar jami 1,4% yoki 47,2 ming ishchini tashkil etdi”, deyiladi tadqiqotda. 

2022 yilda Rossiyaga ish topish uchun nafaqat sobiq ittifoq respublikalari va geografik jihatdan yaqin mamlakatlar fuqarolari, balki uzoq xorijdan kelganlar, jumladan Serbiya (3,6 ming kishi), Germaniya (3,2 ming kishi), Hindiston (2,8 ming kishi), Janubiy Koreya (2,1 ming kishi), Italiya (2,1 ming kishi), Fransiya (1,9 ming kishi), Buyuk Britaniya (1,5 ming kishi) Litva (1,  3 ming kishi) va Finlyandiya (1,2 ming kishi) fuqarolari kelgan. Rossiyaga ishlash uchun kelganlar orasida sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar – AQSH (978 kishi), Polsha (779 kishi),  Yaponiya (756 kishi) va Kanada (404 kishi) vakillari ham bor.  

Mali, Chad, Kabo-Verde, Botsvana, Vanuatu, Gvineya-Bisau va Ekvatorial Gvineyadan bir kishi ishlash uchun Rossiyaga kelgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing