Rossiyaga foydali odamlar kerak – Putin mehnat muhojirlariga murojaat qildi
Olam
−
03 iyul 2020
17074Rossiya Federatsiyasi muhojirlarning oqimiga qiziqish bildirmoqda, mamlakatda tez orada ishchilar yetishmaydi, bu iqtisodiy o‘sish uchun jiddiy to‘siqdir. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatning asosiy qonuniga o‘zgartirishlar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh a’zolari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Rossiyaga yangi fuqarolar oqimi kerak. Rossiyada iqtisodiyotning rivojlanishi yo‘lida yaqin orada sezilarli ishchi tanqisligi paydo bo‘ladi va bu mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishning haqiqiy, ob’ektiv chekloviga aylanadi", dedi mamlakat rahbari.
Putin rasmiylar mamlakatda tug‘ilishni ko‘paytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishini ta’kidladi, ammo RF baribir chet eldan odamlarni jalb qilishi kerak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya mavzusi iqtisodiy nuqtai nazardan muhimdir. "Bu hukumat siyosati bo‘lishi kerak. Rossiya migrantlarning oqimiga qiziqish bildirmoqda, ammo mamlakatga aynan kerakli muhojirlarga. Gap sog‘lom, yosh, ta’lim-tarbiya ko‘rgan odamlar haqida bormoqda”, dedi Putin.
Prezident ba’zi mamlakatlarda bunday ishlar yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganligini va buni Rossiyada qilish kerakligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u "migrantlar oqimi Rossiya fuqarolarining huquqlarini buzmasligi, ta’lim xizmatlarini olishda va sog‘liqni saqlash muassasalari xizmatidan foydalanishda to‘sqinlik qilmasligi uchun" turli mintaqalardagi mehnat bozori holatini, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni hisobga olishga chaqirdi. "Bu qiyin masalalar, lekin ularni, albatta, hal qilish kerak va biz buni amalga oshiramiz", deya xulosa qilgan Putin.
LiveBarchasi