Rossiyaga bosim o‘tkazish orqali kelishuvga erishish mumkin – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tkazishi uchun butun dunyo unga bosim o‘tkazishi kerakligini aytdi. Bu haqda “Ukrinform”xabar berdi.

“Bu barcha hududlar kuch bilan bosib olinadi, degani emas. Menimcha, diplomatiyaning kuchi yordam berishi mumkin. Jang maydonida kuchsizroq Rossiya Ukrainaning muzokaralar stolidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi. Rossiyaga bosim o‘tkazish orqali diplomatik yo‘l bilan muzokaralar olib borish mumkin”, dedi Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina rahbari G‘arb davlatlari va’da qilgan F-16 qiruvchi samolyotlari haligacha Ukrainaga yetib kelmaganini aytdi.

“18 oy o‘tdi va samolyotlar hali bizga etib bormadi”, dedi u.

Shu bilan birga, Zelenskiy Ukrainaga topshirilgan narsalar uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning noyabr oyida AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovidan oldin Rossiya ham Ukraina masalasi yuzasidan tinchlik sammitining ikkinchi qismida ishtirok etishi kerakligini aytgandi.

Azizbek Eshmamatov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing