JSST koronavirus kimlarga yuqishi va kimlar undan o‘lishi mumkinligini aytdi
Salomatlik
−
06 fevral 2020
284122019-nCoV qarshi ta’sir ko‘rsata oladigan dori vositalari hozircha mavjud emas. Biroq kasallikka chalinganlarning aksariyatiga davolanish imkoniyati berilsa, qurbon bo‘lmaydilar. Bu haqda bugun, 5 fevral kuni JSSTning favqulodda dasturlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan ma’lum qilmoqda.
"Yangi koronavirusga qarshi o‘z tasdig‘ini topgan, samarali dori vositalari yo‘q. Bu epidemiya, agar uning jins va yosh bo‘yicha tarqalishiga qaraydigan bo‘lsak, asosan keksa yoshdagi, salomatliklari og‘irlashib qolgan kishilar orasida salbiy oqibatlarni va o‘lim holatlarini keltirib chiqarmoqda. Bemorlarning aksariyati organlari ishlamay qolganligidan vafot etishgan. Bu ko‘proq virus ta’siridan ham ko‘ra, u vujudga keltirgan shok tufayli sodir bo‘lgan. Shuning uchun, agar bemorlarga davolash xizmatlari taqdim etilsa, ularning aksariyati tirik qolishi mumkin", deb aytgan Rayan.
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi koronavirusni davolash vaqtida OIVga qarshi yoki bundan avvalgi turdagi koronaviruslarga qarshi qo‘llanilgan dorilarning samara berganligi ham o‘z isbotini topmagan.
Ammo davlatlar ushbu sertifikatsiya qilingan dori vositalarini, xususan, interferonlar va ingibitorlarni 2019-nCoVga qarshi ehtimoliy samarali kurashda sinovdan o‘tkazishlari mumkin.
JSST shu bilan birga bunday, bunday hollarda dorilar qanday ishlashini tushunish uchun bu singari tadqiqotlar natijalari bilan bo‘lishishga chaqirmoqda.
Virus haqida so‘nggi ma’lumotlar:
Unga chalingan jami odamlarning soni 24 300 nafardan oshdi. 490 kishi kasallik ortidan qurbon bo‘ldi. 862 nafar bemor to‘liq davolanib, shifoxonadan ruxsat qo‘yib yuborilgan bo‘lsa, 3 219 kishi og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda. 20 dan ortiq davlatga yoyilishga ulgurdi.
O‘zbekiston Xitoyning Uxan shahridan 84 nafar, Pekindan esa 250 fuqarosini olib keldi. Yana 260 o‘zbekistonlik Xitoydan qaytib kelyapti.
LiveBarchasi