Rossiyadan yana mingga yaqin o‘zbekistonlik olib kelindi

Jamiyat

image

Bugun, 16 sentyabr kuni Rossiyaning Samara viloyatidan 938 nafar O‘zbekiston fuqaro maxsus poyezd reysida olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Maxus temir yo‘l reysi O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan “Toshkent–Kinel–Toshkent” yo‘nalishida amalga oshirilgan.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 14 sentyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 938 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Mazkur poyezd ayni damda Toshkent Janubiy vokzaliga yetib kelgan. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

Avvalroq, Samara va Yekaterinburgdan 2 mingga yaqin fuqaro poyezdda qaytarilgani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant o'zbekistonlik

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing