Rossiyadan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari belgilandi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi hududidan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 483/484-sonli poyezdning qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Poyezdlar Volgograd viloyatidagi “Voljskiy” stansiyasidan 15, 18, 22, 25, 28 oktyabr kunlari, shuningdek, 1 va 2 noyabr kunlari soat 21:57da yo‘lga chiqadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Yo‘lovchilar poyezd chiptalarni Rossiya hududida faoliyat yuritadigan har qanday temir yo‘l kassalaridan sotib olishi mumkin. Chiptalarni sotib olishda O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi shart. Bundan tashqari, “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasining rasmiy veb-sahifasida, shuningdek, “Rossiya temir yo‘llari yo‘lovchilar uchun” mobil ilovasidan foydalangan holda  chiptalarni rasmiylashtirish mumkin.

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasining ma’lumotiga ko‘ra, 20 ta vagondan iborat har bir poyezd tarkibi 938 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Poyezdlar Rossiya hududi bo‘ylab qo‘shimcha to‘xtovlarsiz harakat qiladi.

Bosh konsulxona COVID-19 pandemiyasi sharoitida fuqarolarning bir joyda ommaviy to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qaytish chiptasini olgan vatandoshlardan “Voljskiy” stansiyasiga poyezd jo‘nab ketadigan kuni kelishini so‘raydi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant poezd o'zbekistonlik

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing