Rossiyadan tortib Avstraliyagacha. Musulmonlar Hayit namozini masofa saqlab, ado etdi

Olam

image

Islom dunyosi asosiy bayramlardan biri - Qurbon hayitini nishonlamoqda. 

Pandemiya fonida masjidlar asosiy diqqatga sazovor joy bo‘ldi. An’anaga ko‘ra, bayram ibodat bilan boshlandi. 

Dunyo bo‘ylab yuz millionlab musulmonlar juma kuni bayram namozini o‘qidilar. 

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida koronavirus pandemiyasi sabab karantin qodilari davom etayotganiga qaramay, masjidlar yana ibodatchilar uchun ochilgan. Faqat ibodatchilardan masofa saqlash, ozodalikka rioya qilish va tibbiy niqob taqish talab etilmoqda. 

An’anaga ko‘ra,  dindorlar bir-birlariga tashrif buyuradilar,  bayram dasturxonlarini ochadilar - bu kunlarda qarindoshlarni ziyorat qilish odat tusiga kiradi,  katta e’tibor katta avlodga qaratiladi. 

Bugun Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Shvetsiya, Avstriya, Avstraliya, Mo‘g‘uliston, Gruziya kabi mamlakatlarda Qurbon hayiti namozi o‘qildi. 

Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 17 million 315 750 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 673 568 nafari vafot etgan, 10 million 151 894 kishi sog‘aygan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qurbon hayiti

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing