Rossiyadan kelgan samolyot Qarshiga qo‘na olmadi

Jamiyat

image

“Iraero” aviakompaniyasining samolyoti Irkutskdan (Rossiya) Qarshiga parvoz qilgan. Biroq tuman tufayli Qarshi aeroportiga qo‘nolmadi va Toshkentdagi alternativ aeroportga jo‘nadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati TASSga xabar berdi.

"Ob-havo sharoiti sabab samolyot Qarshi shahriga qo‘nishi mumkin emas", deydi mutasaddilar.

Ma’lumot uchun, "Iraero" kompaniyasi 1999 yilda tashkil topgan, Irkutsk aeroportida joylashgan va Rossiyaning 40 dan ortiq shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi. Uning parkida 25 ta samolyot bor.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qarshi

Baholaganlar

347

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing