Rossiyadan ikki mingga yaqin o‘zbekistonlik olib kelindi

Jamiyat

image

Bugun, 21 sentyabr kuni Rossiyaning Novosibirsk va Samara viloyatlaridan 2 mingga yaqin O‘zbekiston fuarosi maxsus poyezd reysida ortga qaytarildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan “Toshkent – Novosibirsk – Toshkent” va “Toshkent – Kinel – Toshkent” yo‘nalishlarida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk va Samara viloyatlariga O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun ikkita poyezd yuborilgan edi.

Joriy yilning 18 sentyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 854 nafar yo‘lovchi bilan Novosibirsk stansiyasidan yo‘lga chiqqan edi. Bugun ushbu poyezd O‘zbekistonga kirib keldi va Pop 2 stansiyasida kutib olindi.

1

Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar Namangan viloyati transport boshqarmasi tomonidan ajratilgan avtobuslarda Pop tumanidagi karantin zonasiga yetkazildi.

Shuningdek, 938 nafar o‘zbekistonlik bilan 19 sentyabr kuni Kinel stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan poyezd bugun Toshkent janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant o'zbekistonlik

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing