Rossiyadagi YTHda qurbon bo‘lgan sakkiz kishining jasadi Urganchga olib kelindi

3-sahifa

image

Penzada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadini olib kelish uchun Rossiyaga uchgan maxsus bort 13 yanvar kuni soat 06:50 larda Xorazm viloyatidagi Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Dastlab hodisa oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani, 2 nafari esa shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.  Bildirilishicha, ushbu shaxslarning yana biri 12 yanvar kuni tonggi vaqtda Penza shahridagi shifoxonada vafot etgan. 

Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida ushbu 8 nafar vafot etgan fuqaroning jasadi yashash manzillariga yuborilgan. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini o‘tkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jarohatlangan yana 1 nafar fuqaro esa Penza shahridagi shifoxonada, davolanib bo‘lganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasiga qaytariladi. 

Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni  Rossiyaning Penza viloyatidagi M-5 Ural trassasida yuk mashinasi va mikroavtobus ishtirokida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgandi. 

Oldinroq, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ham voqea sabab 7 nafar o‘zbekistonlik vafot etganini tasdiqlagan.

Shundan so‘ng, Prezident topshirig‘iga binoan Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vafot etgan va jabrlangan fuqarolarni vatanga olib kelish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotgani aytilgandi. 

Xususan, 12 yanvar kuni soat 11:20 da YTH oqibatida vafot etgan va jabrlanganlarni vatanimizga olib kelish maxsus samolyot Rossiyaga uchib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya jasad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made