Penzada halok bo‘lganlarning jasadini olib kelish uchun maxsus bort Rossiyaga uchdi
Jamiyat
−
12 yanvar 2024 10393 1 daqiqa
Penzada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadini olib kelish uchun maxsus bort Rossiyaga uchdi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasining Penza viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida vafot etgan va jabrlanganlarni vatanimizga olib kelish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida maxsus samolyot bugun, 12 yanvar kuni soat 11:20 da Rossiya Federatsiyasiga uchib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 yanvar kuni Rossiyaning Penza viloyatidagi M-5 Ural trassasida yuk mashinasi va mikroavtobus ishtirokidagi sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ham voqea sabab 7 nafar o‘zbekistonlik vafot etganini tasdiqladi.
Shundan so‘ng, Prezident topshirig‘iga binoan Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vafot etgan va jabrlangan fuqarolarni vatanga olib kelish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotgani aytilgandi.
Live
Barchasi