Rossiyadagi o‘rmondan o‘zbekistonlik migrantning qoldiqlari topildi
3-sahifa
−
09 Sentabr
14254Rossiyaning Moskva viloyatida O‘zbekistondan kelgan migrantni o‘rmonda tashlab ketgan ikki politsiyachi sudlanadi. Bu haqda “Mash” xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning may oyida huquq-tartibot idoralari xodimlari 45 yoshli migrantni mast holda qo‘lga olib, Dubrovo va Zagryajskaya qishloqlari orasidagi o‘rmonga o‘ziga kelishi uchun tashlab ketgan. Ular migrantni olib ketish uchun qaytib kelmagan, oqibatda u o‘rmonda adashib qolgan.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston fuqarosining yaqinlari uni qidiruvga bergan. Erkakning qoldiqlari sentyabr oyida topilgan va uni hayvonlar yeb ketgani aniqlangan.
Nashrga ko‘ra, jabrlanuvchini oxirgi bo‘lib ko‘rgan kichik leytenant va katta serjant qo‘lga olingan.
“Politsiya xodimlari ishdan bo‘shatilgani va vakolatlarini suiiste’mol qilgani uchun sudga tortilishni rejalashtirilgani ta’kidlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida olti yoshli qizni urib yuborgan o‘zbekistonlik haydovchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.
LiveBarchasi