Rossiyadagi namoyishlarda Navalniyning rafiqasi hibsga olindi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning turli shaharlarida muxolifatchi Aleksey Navalniyning ozodlikka chiqarilishini so‘rab, namoyishlar boshlangani haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada o‘tayotgan namoyishlarda Aleksey Navalniyning turmush o‘rtog‘i Yuliya ham hibsga olindi. Bu haqda “Dojd” xabar bergan.

Navalnaya hibsga olinishidan avval Instagram`da Sokolniki tumanida olingan suratni joylagan. Yaqin atrofda esa “Matrosskaya tishina” tergov hibsxonasi joylashgan. Navalniy ham o‘sha yerda saqlanyapti.

Rossiya bo‘ylab o‘tkazilayotgan namoyishlarda hozirgacha 2000 dan ortiq odam hibsga olingan. Xususan, Moskva va Sankt-Peterburgda mos ravishda 456 va 200 nafar odam ushlangan.

Shuningdek, Krasnoyarskda 194 nafar, Vladivostokda 129 nafar va Novosibirskda 103 nafar namoyishchi hibslangan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing