Rossiyadagi migrantlar yotoqxonasida infeksiya tarqaldi

Olam

image

Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan “Kutuzov” migrantlar yotoqxonasida meningokokk infeksiyasi tarqaldi. Bu haqda “Mash” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, migrantlar meningokokka qarshi “ Menactra” vaksinasi bilan emlangan. Ba’zi odamlar in’eksiyadan keyin bosh og‘rig‘i va isitmani boshdan kechirgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi, shuningdek, Tojikistonning bir nafar fuqarosi shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumot uchun, meningokokk infeksiyasi Neisseria meningitidis bakteriyasi keltirib chiqaradigan yuqumli kasalliklar guruhi bo‘lib, asab tizimi, yurak, o‘pka , jigar, bo‘g‘imlar, teri va shilliq pardalarga ta’sir qilishi mumkin.

Kasallik o‘zini asemptomatik tashish, shuningdek, markaziy asab tizimining o‘limga olib keladigan shikastlanishi, og‘ir umumiy yuqumli intoksikatsiya (yuqori harorat, ko‘ngil aynishi, umumiy zaiflik va boshqalar), o‘tkir nazofaringit, meningit, ensefalit va gemorragik toshma sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Vaksinalar yordamida kasallikning oldini olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni ertalab Moskvaning shimoli-g‘arbidagi yotoqxona joylashgan binoda kuchli yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in Tushinskaya metro bekatidan uncha uzoq bo‘lmagan Sxodnenskiy tor ko‘chasidagi ikki qavatli uzun ma’muriy binoda qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrantlar yotoqxonasi meningokokk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing