Rossiyadagi migrantlar uchun patent olishda yangi talab o‘rnatildi

Olam

image

Endilikda xorij fuqarolari Rossiyada patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olishda hamda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishga ariza berish uchun birinchi navbatda COVID-19 uchun tekshiruvdan o‘tadi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli buyruq chiqarildi.

Yangi buyruqqa asosan yangi koronavirus infeksiyasi tegishli kasalliklar ro‘yxatiga kiritildi. Agar boshqa davlat fuqarolarida ushbu infeksiya aniqlansa, Rossiyada yashash va ishlash imkoniyati rad etiladi.

Koronavirus kasalligidan tashqari, ushbu ro‘yxatga OIV, sil, sifilis (zaxm) va moxov kasalligi ham kiritilgan.

Buyruqda yozilishicha, Rossiyada qonuniy bo‘lish uchun chet elliklar yuqumli kasalliklar bo‘yicha shifokorga borishi va nuklein kislotasini kuchaytirish usullaridan foydalangan holda COVID-19 ga laboratoriya tekshiruvidan o‘tishi kerak, ya’ni koronavirus uchun PZR testini topshirish lozim.

Avval, ro‘yxatdan o‘tish va shartnoma asosida O‘zbekiston hamda Tojikiston fuqarolari bir yil muddatga patent olishlari mumkin edi, shundan so‘ng ular rasmiy mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlagan bo‘lsa, mamlakatdan chiqmasdan yana bir marta qayta ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega edilar. 17 aprel kuni Davlat dumasi chet el fuqarolarining Rossiyadan chiqib ketmasdan mehnat patentlarini uzaytirish huquqini qonuniylashtirdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Migrantlar

Baholaganlar

287

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing