Rossiyadagi qabristonda qizni zo‘rlab, o‘ldirgan markaziy osiyolik qamaldi
Olam
−
27 iyul 2023
16032Rossiyaning Krasnodar o‘lka sudi qabristonda qizni zo‘rlab, o‘ldirgan Qirg‘iziston fuqarosiga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar berdi.
Jinoyat 2022 yilning 20 avgust kuni Sochidagi munitsipal qabristonda sodir bo‘lgan. Shu kuni kechki soat 17:00 larda qiz qirg‘izistonlikni qabristonda ishlaydi deb o‘ylagan va undan buvisining qabrini topib berishni so‘ragan.
Bekmat ismli qirg‘izistonlik yigit uning iltimosiga javoban qabrgacha kuzatib qo‘ygan, keyin esa unga hujum qilgan. U avval qizni zo‘rlagan, keyin esa bo‘g‘ib o‘ldirgan. Qizning o‘limi katta buvisining qabri yonida sodir bo‘lgan. Bekmat jinoyat vaqtida mast holda bo‘lgan.
Shuningdek, u qizning buyumlarini, jumladan, bank kartasini olib qo‘ygan.
U Rossiya Jinoyat kodeksining 131-moddasi (“Zo‘rlash”), 132-modda (“Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakati”), 105-modda (“Qotillik”), 158-modda (“O‘g‘irlik”) bo‘yicha aybdor deb topilgan. Oqibatda u 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Shu bilan birga, sud jabrlanuvchi tomonning ma’naviy zarar, moddiy zarar va dafn bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi fuqarolik da’volarini qanoatlantirgan.
LiveBarchasi