Rossiyadagi avtohalokatda 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 17 dekabr kuni Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH ertalab soat 05:10 larda viloyatdan o‘tadigan Saransk-Surskoye-Ulyanovsk yo‘nalishidagi R-178 federal trassasining 209-kilometrida sodir bo‘lgan. Oqibatda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi – 1977 yilda tug‘ilgan A.A., 1988 yilda tug‘ilgan J.I., 1975 yilda tug‘ilgan K.S., 2004 yilda tug‘ilgan K.A. va 1977 yilda tug‘ilgan B.O. halok bo‘lgan.

Rossiya IIV Ulyanovsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Cobalt boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va avtomobil harakatlanib kelayotgan “MAZ” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

“Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan. Vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilib, halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Kalinin tumanida o‘zbekistonliklar ishtirokida halokatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. O‘shanda jarohatlanganlarning biri shifoxonada vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya avtohalokat Ul'yanovsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing