Rossiyadagi harbiy-texnik forumida NATO texnikasi namoyish etiladi
Olam
−
15 avgust 2023
9936Rossiyada joriy yilning 14-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan “Armiya-2023” xalqaro harbiy-texnik forumida NATO texnikasi namunalari namoyish etiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Aytilishicha, forum doirasida Ukrainadagi harbiy harakatlar chog‘ida rossiyalik askarlar tomonidan qo‘lga olingan NATO davlatlarining harbiy texnikalari ko‘rsatilishi kutilmoqda. Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, forumda G‘arb zirhli texnikasining bir nechta bo‘linmalarini, jumladan, piyoda askarlarning jangovar mashinalarini ko‘rish mumkin.
Manbaga ko‘ra, bugungi kunga qadar “Yuqori aniqlikdagi komplekslar” kompaniyasi chet eldan olingan olti turdagi uskunalar bilan tanishgan. Davlat dumasi buzilgan NATO uskunalari ko‘rgazmasini tashkil etishni taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, “Armiya” xalqaro harbiy-texnik forumi 2015 yildan beri Rossiya hukumati farmoyishi asosida har yili o‘tkazib kelinmoqda. Forum doirasida Rossiya mudofaa kompleksi yutuqlarining keng ko‘lamli ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Tadbir Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarini texnik jihatdan qayta jihozlashga ko‘maklashish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, xalqaro harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish hamda ijobiy imijini mustahkamlashga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Financial Times” gazetasida Ukraina artilleriyasi Rossiya pozitsiyalariga zarba berish uchun Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan o‘q-dorilardan foydalangani yozilgandi. Ukraina Mudofaa vazirining maslahatchisi Yuriy Sak raketalar Rossiya qo‘shinlaridan tortib olinganini taxmin qilgan.
LiveBarchasi