Rossiyada zaharlangan 69 o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir
Olam
−
21 iyul 2019
6509Avvalroq, Samara viloyatida joylashgan “Koshelevskiy posad” korxonasida ishlaydigan 68 nafar o‘zbekistonlik “noma’lum moddadan zaharlanish” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Fariddin Nasriyev va Tashqi mehnat migratsiya agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi rahbari Saidno‘mon Mansurov “Koshelevskiy posad” korxonasida ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolarining zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizilishi tafsilotlarini aniqlash uchun Samara viloyatiga tashrif buyurdilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatidan xabar qilinmoqda.
Mazkur tashrif doirasida vakillar o‘zbekistonliklar davolanayotgan V.D.Seredavina nomidagi Samara viloyati klinik shifoxonasiga va 1-sonli Tolyattinsk shahar klinik shifoxonasida bo‘lib, bemorlar holidan xabar olganla.
Ma’lum bo‘lishicha, shifoxonada davolanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining jami soni 69 nafar, jumladan 1 nafar bola bo‘lib, ulardan uch nafari jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Ularning holati barqaror-og‘ir. Ayni paytda zaharlanish sabablarini aniqlash uchun tekshiruv olib borilmoqda.
Shuningdek, mazkur hudud, viloyat sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarlari, tibbiyot muassasalari boshliqlari va “Koshelevskiy posad” korxonasi direktori bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan.
Uchrashuv va muzokaralar yakunlarida quyidagi kelishuvlarga erishilgan:
- bemorlarni davolash bilan bog‘liq barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplanadi;
- O‘zbekiston fuqarolarining pasport va mehnat patentlari egalarining qo‘llariga topshiriladi?
- fuqarolarning ovqatlanish va yashash sharoitlarini qo‘shimcha yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘riladi?
- ish haqi miqdorini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Vaziyat Bosh konsulxona nazoratida turgani aytilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti shuni eslatadiki, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi o‘zbekistonliklar zarur vaziyatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.
LiveBarchasi