Rossiyada yana safarbarlik e’lon qilinishi mumkinmi?
Olam
−
21 noyabr 2022
6989Rossiyada Ukrianadagi urushga yana safarbarlik e’lon qilinishi mumkinmi? Ushbu savolga Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 21 noyabr kuni javob berdi.
“Bu haqda hech qanday muhokama yo‘q”, deydi Kreml vakili jurnalistlarga.
U Rossiya Mudofaa vazirligi nomidan gapira olmasligiga aniqlik kiritdi, biroq “Kremlda bu masala bo‘yicha hech qanday muhokama yo‘qligini” ta’kidladi.
Joriy yilning 28 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Prezident Vladimir Putinga Rossiyada 21 sentyabrda boshlangan qisman safarbarlik yakunlangani haqida hisobot berdi. Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, qisman safarbarlikka belgilangan 300 ming kishi harbiy xizmatga chaqirilgan, qisman safarbarlik doirasida qo‘shimcha vazifalar rejalashtirilmagan.
LiveBarchasi