Rossiyada yana bir o‘zbekistonlik yetti yoshli qizchaga shilqimlik qilishda ayblanmoqda

Jamiyat

image

Chelyabinskda (Rossiya) yetti yoshli qizchaga shilqimlik qilishda gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “URA.ru” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Aniqlik kiritilishicha, erkak voqea sodir bo‘lgan oilaning do‘sti bo‘lgan. Jabrlanuvchining onasi do‘stini ko‘rgani kelgan, u yerda o‘zbek yigiti uning qiziga shilqimlik qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u qizning jinsiy a’zolariga tegingan. Kattalar bundan xabar topgach, politsiyaga ariza berishgan, shundan so‘ng u hibsga olingan.

Gumonlanuvchi 37 yoshda va Rossiyada qonuniy ravishda istiqomat qiladi. Shu bilan birga, u rasman hech qayerda ishlamaydi. 

Fuqaro qo‘lga olinib, unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 132-moddasi 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik qilish) bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Erkak ikki oy muddatga tergov hibsxonasiga jo‘natilgan va unga 12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Avvalroq, Yaponiyada o‘zbekistonlik erkak avtobusda o‘rta maktab o‘quvchisiga 30 daqiqadan ko‘proq vaqt mobaynida shilqimlik qilishda gumonlanib, qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing