Rossiyada yana bir o‘zbekistonlik qurilishda vafot etdi
3-sahifa
−
30 yanvar
6258Joriy yilning 25 yanvar kuni taxminan soat 23:30 da Rossiyaning Leningrad viloyatining Kingisepp tumanidagi Ust-Luga qishlog‘i yaqinida joylashgan Krakole kvartalida metall konstruksiyalarni yig‘uvchi bo‘lib ishlagan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi taxminan 30 metr balandlikdan qulab tushib vafot etdi. Bu haqda “Megapolis” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, erkak yiqilganidan keyin ham tirik bo‘lgan, lekin uni Kingisepp tumanlararo shifoxonasining tez yordam bo‘limiga o‘lik holda olib borishgan.
Mahalliy tergov bo‘limi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 216-moddasi 2-qismi (qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish, ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, fojia qurilayotgan zavod hududida yo‘l o‘tkazgichni o‘rnatish vaqtida sodir bo‘lgan. Qoidalar ishni nazorat qilgan pudratchi xodim tomonidan buzilgan.
Ish yuzasidan bir qator ekspertiza tayinlangan. Tergovchilar xavfsizlik qoidalariga rioya qilish uchun kim javobgar ekanligini aytmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik ishchi qurilishda 16-qavatdan qulab, halok bo‘lgandi. Qayd etilishicha, hodisa joriy 13 yanvar kuni turarjoy majmuasi qurilish ob’ekti hududida sodir bo‘lgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar
![O‘zbekistonda 1 martdan oylik va nafaqalar oshadimi?](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/LF/thumb_AV506IfBgmW3B2hZlNW2THujNmRi9d.jpg)
![1 apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/R5/thumb_watlnJ8OLVoNjpRyEbpSHTQElY6tLN.jpg)
![Shohjahon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi](https://ad-admin.qalampir.uz/uploads/uZ/thumb_pQCThx1ARSebk7O21dg1mBc8ixBmUw.jpg)