Rossiyada yana bir guruh o‘zbekistonliklar mushtlashdi (video)

3-sahifa

image

Rossiyaning Krasnodar shahrida 50 nafardan ortiq o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ishtirokida mushtlashuv yuz berdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 25 noyabr kuni Krasnodar shahrida joylashgan “Tochno” korxonasining qurilish ob’ektida yuz bergan. Unda korxonaga tegishli bo‘lgan qurilish kranidan foydalanish masalasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida ushbu ob’ekt ishchisi bo‘lgan 50 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi o‘zaro janjallashgan. 

“Hozirgi vaqtda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasi vakolatxonasi xodimlari tomonidan korxona rahbariyati va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tomonlarni o‘zaro kelishtirgan holda javobgarlikka tortmasdan hal qilish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi agentlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya poytaxti Moskva shahridagi qurilishda ishlayotgan o‘zbekistonliklar oshxonadagi navbat sabab ommaviy mushtlashgani haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya janjal o'zbekistonlik mushtlashuv migratsiya agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing