Rossiya koronavirus vaksinasini tayyorlash bosqichlarini ma’lum qildi
Salomatlik
−
05 avgust 2020
19616Rossiyaning “Vektor” markazi koronavirusga qarshi vaksinasi barcha majburiy talablar va me’yorlar, shuningdek, klinik sinovlarni o‘tkazish qoidalariga qat’iy amal qilingan holda ishlab chiqilyapti. Bu haqda RIA Novosti “Rospotrebnadzor”ga matbuot kotibiga tayanib xabar berdi.
“Koronavirusga qarshi “EpiVakKorona” vaksinasi “Rospotrebnadzor”ning “Vektor” markazi tomonidan Rossiya qonunchiligida ko‘zda tutilgan barcha majburiy talablar va ma’yorlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilmoqda”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, markaz JSST tavsiyalarini kuzatib bormoqda.
“Klinik tadqiqotlar o‘tkazish qoidalariga qat’iy rioya qilinishi esa Rossiya aholisi uchun xavfsiz va sifatli vaksina ishlab chiqarish ishonchini oshiradi”, deydi “Rospotrebnadzor” vakili.
Ma’lumot uchun, avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Kristian Lindmayer Rossiya koronavirusn vaksinasiga litsenziyani qo‘lga kiritishdan oldin preparatning barcha zaruriy sinovlarini o‘tkazish zarurligini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi