Rossiyada o‘zbekistonliklar go‘sht o‘rniga “musht yedi”

3-sahifa

image

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi qurilishda ishlayotgan o‘zbekistonliklar oshxonadagi navbat sabab ommaviy mushtlashdi. Bu haqda Baza Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 noyabr kuni Moskva shahridagi “Alfi Tower” qurilish ob’ektida ishchilar oshxonadagi navbat sababli o‘zaro janjallashib ketgan. Oqibatda ikki kishi jiddiy jarohat olgan.

Hodisa joyiga yetib borgan politsiya xodimlari tomonidan 37 kishi, jumladan, 35 nafar O‘zbekiston, 1 nafar Rossiya hamda 1 nafar Turkiya fuqarosi qo‘lga olingan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaroni keltirib chiqarishda gumonlangan 4 kishi hibsga olingan, yana bir necha kishi qidirilmoqda. Ularga nisbatan bezorilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni kechasi Sankt-Peterburg markazidagi Dostoyevskiy ko‘chasida o‘zbekistonlik fuqarolar bir ayol sababli ommaviy tarzda mushtlashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya janjal Moskva o'zbekistonlik mushtlashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing