Rossiyada o‘zbekistonliklar 10 yilga qamaldi
Olam
−
19 noyabr 2019
5679Rossiyaning Voronej tumanida “geroin” savdosi bilan shug‘ullangani ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi 10 yilga qamaldi. Markaziy tuman sudi shunday qaror chiqardi.
Joriy yilning may oyida ikki o‘zbekistonlik Moskva viloyatidan “geroin” sotib olgani va Voronejga kelgani aniqlangan. Dilerlar mijozlari bilan WhatsApp messenjeri orqali suhbatlashgan.
Politsiya narkodilerlarni qo‘lga olgan. Erkaklarga ko‘p miqdordagi narkotik moddani guruh bo‘lib sotish ayblovi qo‘yilgan.
“Sud davlat ayblovchisi – Voronej tumani transport prokuraturasi vakilining fikri va jinoiy ish vaziyatini inobatga olib, har bir sudlanuvchini 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Jazoni qattiq tartibdagi axloq tuzatish koloniyasida o‘tash belgilandi, deyilgan transport prokuraturasi axborotida.
LiveBarchasi