Rossiyada o‘zbekistonlik tomonidan sotib yuborilgan 10 nafar o‘zbek vataniga qaytarildi
Jamiyat
−
15 aprel 2019
4872Rossiyada odam savdosidan jabrlangan 10 nafar shaxs O‘zbekistonga qaytarildi. Eng achinarlisi bu yigitlarni o‘z tanishi sotib yuborgan.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida bu shaxslar o‘z oilasiga bag‘riga qaytdi.
Bag‘dod tumanining Samandarak qishlog‘idan bo‘lgan 10 nafar yigitlar Farg‘ona shahrida yashovchi tanishlari U.Yunusov taklifi bilan joriy yil 28 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining Penza shahriga qurilish ob’ektlarida ishlash uchun borgan edi. U yerda yigitlarni U.Yunusovning ukasi kutib olib, qurilish ob’ekti rahbari, rus millatiga mansub “Roman” ismli rus fuqarosining qo‘lida ishlashini, ish haqlarini olishida o‘zi o‘rtada turishini, fuqarolik pasportlarini esa vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘ydirish uchun berishlari lozimligini aytib, olib qo‘ygan.
Yigitlarga ishga borishdan avval ish haqi 45-60 ming Rossiya rubli miqdorida berilishi va’da qilingan. Biroq ular Penza shahriga borganidan keyin ish haqini 38 ming rubldan berilishi, ish vaqti ham oldindan aytilganday 8 soat emas, 12-14 soat bo‘lgan. Yigitlar bunga rozi bo‘lmay, ishlash uchun boshqa joyga ketmoqchi bo‘lib, fuqarolik pasportlarini so‘rashadi. Ammo T.Yunusov hamda Roman ismli rus ish beruvchilar yigitlarni ish kuchidan arzon pul to‘lab foydalanish maqsadida, turli bahonalar bilan 2 oy davomida fuqarolik pasportlarini bermay kelgan.
Yigitlar 2 oy davomida ishga chiqmay, ish haqi ham olmay, qarzga botib, yashash manziliga qaytolmay, qiyin ahvolda qolishgan hamda O‘zbekiston Respublikasidagi ota-onalari orqali viloyat IIBdan yordam so‘rashgan.
Farg‘ona viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlarining Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda olib borgan sa’y-harakatlari natijasida yigitlarning barchasi fuqarolik pasportlarini olgan holda 13 aprel kuni yurtimizga qaytdi.
LiveBarchasi