Rossiyada o‘zbekistonlik talaba mansabdorga pora berishda ayblanyapti

Jamiyat

image

Sankt-Peterburg shahrida Rossiya gidrometrologiya universiteti 2-bosqich talabasi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M. Yuldashev hibsga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joriy yilning 30 aprel kuni sodir bo‘lgan. M. Yuldashev o‘qishdan tashqari, ishlash uchun ruxsatnoma (patent) olmay kechki vaqtda gipermatketda sotuvchi bo‘lib ishlagan. O‘sha kuni kechasi xaridorga ustaraning qanday ishlashini ko‘rsatayotganda ustara uchi chiqib ketgan va xaridor ko‘ziga tekkan.  Xaridorni shifoxonaga, o‘zbekistonlik talabani qo‘lga olib politsiya bo‘limiga olib ketishgan.

Qayd etilishicha, tuman sudida M. Yuldashevga 5000 rubl miqdorida jarima belgilash va Rossiya hududidan ma’muriy chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.  Ayni paytda M. Yuldashevga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 291-modda 3-bandi (mansabdor shaxsga pora berish) bo‘yicha jinoiy ish ham tekshirilmoqda.

2 may kuni mazkur vaziyat O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya talaba

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing