Rossiyada o‘zbekistonlik taksichi 18 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanyapti

3-sahifa

image

Rossiyaning Magadan viloyatida 37 yoshli o‘zbekistonlik erkak 18 yoshli qizni zo‘rlashda gumon qilinib, hibsga olindi. Bu haqda viloyat Tergov boshqarmasi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29 oktyabr kuni 18 yoshli qiz Magadan shahridan Ola qishlog‘iga borish maqsadida mashina buyurtma qilgan. Viloyatda taksichilik bilan shug‘ullanuvchi 37 yoshli o‘zbekistonlik erkak esa buyurtma bo‘yicha yetib kelgan. Jabrlanuvchi qizning so‘zlariga ko‘ra, ular manzilga yetib borgach erkak uni zo‘rlagan. 

“Hozirda huquq-tartibot organlari holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (zo‘rlash) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atib, dastlabki tergov harakatlari olib bormoqda”, deyiladi xabarda. 

Sud tergovchining ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi so‘rovini qanoatlantirgan va o‘zbekistonlik erkak sudga qadar qamoqda saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yo‘lovchiga nisbatan zo‘ravonlik qilishda gumon qilingan 27 yoshli o‘zbekistonlik taksi haydovchisi hibsga olingan edi. Shuningdek, ushbu shaharda noqonuniy yashab yurgan o‘zbekistonlik ikki migrant 12 yoshli qizga tajovuz qilgani haqida xabar berilgandi


Maqola muallifi

Teglar

sud Rossiya zo'rlash o'zbekistonlik erkak Magadan taksichi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing