Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarning 3 yashar farzandi 6-qavatdan yiqilib tushdi

Olam

image

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Sosnoviy Bor shahrida O‘zbekiston fuqarosining farzandi oltinchi qavatdan tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda “Nevskiye novosti” huquqni muhofaza qiluvchi idoralardagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Kosmonavtlar ko‘chasidagi 24-uy oldida to‘xtab turgan Mazda-3 rusumli avtomobil ustida kichkinagina Zanurbekning jasadi topilgan. Unda balandlikdan yiqilish alomatlari bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, bolakay bir oydan keyin 3 yoshga to‘lar ekan.

U oltinchi qavatdan tushib ketgan. Shifokorlar voqea joyida bolaning o‘limini qayd etgan. Jasad o‘lim sababini aniqlash uchun morgga yuborilgan.

Halok bo‘lgan bolaning ota-onasi O‘zbekiston fuqarolari. Ular Rossiyaga joriy yilning yanvar oyi boshida kelgan. Otasi yuk tashuvchi bo‘lib ishlaydi, onasi ishsiz.


Maqola muallifi

Teglar

migrant o'zbekistonlik

Baholaganlar

533

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing