Rossiyada o‘zbekistonlik migrant politsiyadan qochib YTHga uchradi
3-sahifa
−
07 iyun 2023
5559Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Viborg tumanida o‘zbekistonlik fuqaro politsiyadan qochib YTH sodir etdi. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yo‘l-patrul xizmati inspektorining avtomashinani tekshirish uchun to‘xtatish so‘roviga amal qilmagan va shaxsiy Kia rusumli mashinasida harakatlanishda davom etgan. Oqibatda o‘zbekistonlik yigit yo‘lovchi o‘rindig‘idagi 22 yoshli do‘sti bilan svetoforning taqiqlangan chirog‘ida o‘tib ketgan.
Yigit Gavrilina ko‘chasida boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan Skoda mashinasiga borib urilgan. Shundan so‘ng migrantlar voqea joyidan qochishga uringan vaqtida hibsga olingan.
Hozirda ularga nisbatan inspektor buyrug‘iga asosan to‘xtamaslik, svetofordan o‘tish va tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortish bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashinani boshqargan yigit spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr