Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning hujjatlari olib qo‘yildi (video)

Olam

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning “Insiti Logistika” MCHJda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning hujjatlari olib qo‘yilgani va ish haqi to‘lanmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Migratsiya agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kecha, 28 sentyabr kuni ushbu masala yuzasidan Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaat kelib tushgan. Shundan so‘ng vakolatxona xodimlari zudlik bilan voqea joyiga chiqib, ish beruvchi bilan muzokara o‘tkazgan.

Natijada o‘zbekistonlik ishchilarning hujjatlari qaytarilgan. Ish beruvchi esa to‘lanmagan ish haqini 48 soat ichida to‘lash majburiyatini olgan.

Tarqalgan videoda esa xodimlar ish haqi va bo‘nak (avans) masalasida ish beruvchidan izoh talab qilgani aks etgan.

Migratsiya agentligi mazkur masala vakolatxona nazoratida ekanini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada hozirda vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni qariyb 1,3 millionni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Volgograd viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida 34 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiya hududida noqonuniy yashayotgani aniqlangandi. Ular kuch ishlatar tizimi xodimlari tomonidan o‘rdakcha yurishga majburlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing