Rossiyada o‘zbekistonlik ishchi 16-qavatdan qulab halok bo‘ldi
3-sahifa
−
16:32
3393Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik ishchi qurilishda 16-qavatdan qulab, halok bo‘ldi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy 13 yanvar kuni turarjoy majmuasi qurilish ob’ekti hududida sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish maydonida 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan. U qurilishda armaturachi bo‘lib ishlagan. Erkak 16-qavatdan qulab, halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. O‘zbekistonlik ishchi qurilish ob’ekti hududidagi vagonda yashagan. Uning jasadi morgga yuborilgan. Tergovchilar to‘rtta monitor, ikkita sistemali blok va xavfsizlik kamarini olib qo‘yishgan.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 20 yosh o‘zbekistonlik yigit 14-qavatdan yiqilib, halok bo‘lgandi. Hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilib, jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar