Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 9 yilga qamaldi

Olam

image

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida terrorchilikda ayblangan o‘zbekistonlik erkak 9 yilga qamaldi. Bu haqda TASS xabar berdi

Qayd etilishicha, Krasnoyarskda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan hamda odamlarni "Tavhid va jihod katibasi" xalqaro terrorchilik guruhi tarkibida jang qilishga undagan. Unga ergashgan Tojikiston fuqarosi terrorchilik harakatlarini oqlab, taqiqlangan videolarni namoyish qilgan. 

O‘zbekistonlik erkak 9 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, Tojikiston fuqarosiga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanib, Rossiyadan deportatsiya qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aynan Krasnoyarskda "Tavhid va jihod katibasi" guruhiga a’zolikda gumon qilingan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi. Shuningdek, Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lgan o‘zbekistonlik 17 yilga qamalgani haqida xabar berilgan.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing