Rossiyada uch o‘zbekistonlik qamoqqa olindi
Olam
−
03 iyun 2022
14230Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida mamlakatda faoliyati taqiqlangan “Katiba Tavhid val-Jihod” xalqaro terrorchilik tashkilotiga a’zolikda gumonlangan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda TASSga huquq-tartibot idoralaridagi manba ma’lum qilgan.
“Katiba Tavhid val-Jihod” xalqaro terrorchilik tashkilotida ishtirok etganlikda gumon qilingan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi”, degan manba.
Qayd etilishicha, ikki ishtirokchi Kanskda, biri Krasnoyarsk aeroportida chet eldagi jangarilar tayyorlanadigan lagerga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ikki nafar hibsga olingan shaxsga nisbatan terrorchilik faoliyatini targ‘ib qilganlik uchun (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi), bir nafariga nisbatan esa 205.2-modda ("Terrorchilik faoliyatiga ommaviy chaqirish") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi