Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 7-qavatdan tushib ketgan bolani qutqarib qoldi (video)
Olam
−
23 fevral 30063 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ko‘p qavatli uydan qulagan bolani o‘zbekistonlik fuqaro qutqarib qoldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bola yettinchi qavatdagi ochiq deraza yonida planshet o‘ynab turgan. U sirpanib ketgan, lekin avval karnizga osilib qolgan. Pastda ishlayotgan farrosh bolaning qulashi mumkinligini ko‘rib, unga derazadan uzoqlashishni baqirib aytgan. Bola qo‘lini qo‘yib yuborganda esa, erkak uni qo‘li bilan ushlab qolgan.
Shundan keyin u bolani pod’ezdga olib kirib, o‘ziga keltirishga harakat qilgan. Tez yordam kelib, bolani olib ketgan. Onasi hodisa paytida oshxonada bo‘lgan. Aytilishicha, bolada autizm bor, u maxsus inklyuziv markazga qatnaydi. Onasi o‘g‘lining yo‘qolganini taxminan 10 daqiqadan keyin payqagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bola reanimatsiyada, ahvoli barqaror. Uning oyog‘i singan va ichki a’zolari jarohat olgan. O‘zbekistonlik fuqaroning o‘zi ham jarohat olgan – qo‘l panjalari va qovurg‘alari singan.
Qutqaruvchi 36 yoshda. U Peterburgda uylarga xizmat ko‘rsatuvchi pudrat tashkilotida ishlaydi.
Esatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari qor bo‘ronida qolib ketgan uch nafar o‘zbekistonlikni qutqargandi.
Live
Barchasi