Rossiyada o‘zbekistonlik ayol va uning voyaga yetmagan qizini zo‘rlashdi

Jamiyat

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ikki noma’lum shaxs o‘zbekistonlik ayol va uning voyaga yetmagan 12 yoshli qizini zo‘rlashgan. 

Dahshatli voqea yuzasidan 18 may kuni O‘zbekistonning 33 yoshli fuqarosi bo‘lgan ayol internet orqali “Vatandosh” o‘zbeklar mintaqaviy tashkiloti rahbari Usmon Baratovga murojaat qilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 5 maydan 9 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Dachniy prospekt-24 manzilidagi uyda joylashgan kvartirada ikki nafar noma’lum shaxs uni va 12 yoshli qizini zo‘rlashgan. Shu bilan birga, ular ko‘rsatilgan kvartirada kuch bilan ushlab turilgan.

Tergov qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (zo‘rlash) va 127-moddasi 2-qismining “d” va “j” bandlari bo‘yicha (ikki yoki undan ortiq shaxsni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxsni noqonuniy ravishda kuch bilan ushlab turish) jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Bu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib Tojikistonning 47 yoshli fuqarosi qo‘lga olingan. Uning hech qayerda ishlamasligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, u Peterburgda migratsiya ro‘yxatida qayd etilmagan. 

Aytilishicha, o‘zbekistonlik ayol va uning qizi ham migratsiya ro‘yxatida qayd etilmagan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

953

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing