Rossiyada o‘zbekistonlik 15 kg “gashish” bilan qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
31 yanvar 2025 6396 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Kirov tumanida o‘zbekistonlik erkak 15 kilogramm “gashish” bilan qo‘lga olindi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Kola” trassasining 42-kilometrida standart tekshiruv uchun CHERY TIGGO avtomobili to‘xtatilgan. Rulda Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Politsiyachilar bilan suhbat chog‘ida muhojir sezilarli darajada bezovtalangani inspektorlarda shubha uyg‘otgan. Natijada ular haydovchini hamda uning avtomobilini sinchkovlik bilan tekshirishga qaror qilgan. Politsiyachilar yukxonadan narkotik moddalarni topgan.
O‘zbekistonlik haydovchi narkokurer sifatida ishlayotganini tan olgan. Umumiy og‘irligi deyarli 15 kilogramm bo‘lgan musodara qilingan ashyo ekspertizaga yuborilgan.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, sotish yoki jo‘natishga urinish bo‘yicha (Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 228.1-moddasi 4-qismi “g” bandi) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Migrant hibsga olingan.
Bildirilishicha, hozirda taqiqlangan moddalarni yetkazib berish yo‘llari aniqlanmoqda, shuningdek, jinoyatda ishtirok etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada yirik miqdorda giyohvand modda sotayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi