Rossiyada o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. O‘lim sababi hozircha noma’lum
Olam
−
27 Oktabr 2019
5055Rossiyaning Orenburg viloyatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qozon shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi 16 oktyabr kuni O‘zbekiston fuqaroi J.R. temir yo‘l yaqinida hushsiz holatda topilganini ma’lum qildi.
21 oktyabr kuni o‘zbekistonlik shifoxonada vafot etdi. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Marhumning yaqinlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilib, 25 oktyabr kuni o‘zbekistonlikning jasadi O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vatanga yuborildi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya BILDIRIB, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi o‘zbekistonliklar zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65 ekanini eslatib o‘tgan.
LiveBarchasi