Rossiyada O‘zbekistonga jo‘natilayotgan banan konteyneri ichidan 50 kg kokain topildi
3-sahifa
−
29 iyun 2023
12332Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi portda Afrikadan O‘zbekistonga Yevropa orqali tranzit qilingan banan konteyneri ichidan qora bozordagi qiymati 450 million rubl (5 million 175 ming dollar) bo‘lgan 50 kilogramm kokain topildi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg portidagi “Gavan” bojxona postiga kelgan 10 ta muzlatkichli konteynerdan birida bananlar orasidan 50 kilogramm giyohvand modda topilgan. Partiyaning qora bozordagi narxi taxminan 450 million rubl yoki 5,1 million dollarni tashkil etadi.
Hujjatlarga ko‘ra, yuklar Afrika davlatlaridan Yevropa orqali O‘zbekistonga yuborilishi kerak bo‘lgan. Narkotik moddalar bojxonachilar tomonidan konteynerlarni skanerlash chog‘ida aniqlangan. Inspektor sovitkich blokining yashirin bo‘shlig‘ida begona jism borligini aniqlagan. Tekshiruv natijasida muzlatkich qobig‘i ostida oq kukun solingan 50 dona plyonka briket topilgan. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan modda kokain ekani aniqlangan.
Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 229,1-moddasi (narkotik moddalar kontrabandasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyada banan qutilari orasiga yashirilgan qariyb uch tonna kokain topilgan edi.
LiveBarchasi