Rossiyada o‘zbek tilini o‘rgatadigan maktab tashkil etildi

Olam

image

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston Bosh konsulligi tashabbusi bilan o‘zbek tilini o‘rgatish maqsadida maktab tashkil etildi. Bu haqda Upl.24 nashri xabar berdi.

Maktabdagi darslar Ural federal okrugida tug‘ilgan, lekin ona tilini bilmaydigan o‘zbek bolalari uchun mo‘ljallangan. Hozirda bu yerda 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar tahsil olmoqda. 

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar davomida bolalarga o‘zbek tilidan tashqari, O‘zbekiston madaniyati, qadriyatlari va tarixi ham o‘rgatiladi. Maktabda o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar soni ortib bormoqda. Kelgusida shaharning boshqa tumanlarida ham ana shunday ta’lim maskanlarini ochish rejalashtirilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

o'zbek tili

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing