Rossiyada uch o‘zbekistonlik telekanal xodimasiga hujum qilishda ayblanmoqda
Olam
−
08 iyul
6360O‘zbekistonlik uch nafar o‘zbekistonlik “Match TV” telekanali xodimiga hujum qilganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Qayd etilishicha, 6 iyul kuni soat taxminan 02:30 da Moskvadagi “Ostankino” yaqinida uch erkak muhojir telekanal xodimiga hujum qilgan. Telekanal xodimi ishdan qaytayotgan bo‘lgan.
Jabrlanuvchining o‘zi voqea haqida politsiyaga xabar bergan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Ular o‘zbekistonlik 22, 24 va 25 yoshli fuqarolar bo‘lib chiqqan.
Tergovchilar tomonidan “Bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
“Match TV” vakillari telekanal voqeadan xabardor ekanligini ma’lum qildi va televideniye xodimi bilan sodir bo‘lgan voqea tafsilotlarini oshkor etmay bo‘lmasligini bildirdi. Kanal ma’muriyati, agar kerak bo‘lsa, huquq-tartibot idoralariga mazkur ish bo‘yicha yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi