Rossiyada to‘rt o‘zbekistonlik qotillikda ayblanib, qamoqqa olindi

Olam

image

Rossiya tarkibidagi Adigey Respublikasida ikki xitoylik fermerning o‘limida gumonlangan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda “Sargrad” telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qotillik joriy yilning 22 iyul kuni Maykop shahrida sodir bo‘lgan. Xitoylik 56 yoshli erkakva 57 yoshli ayol qotillik qurboni bo‘lgan. Ular uzoq vaqt shu yerda yashab, fermerlik bilan shug‘ullangan.

O‘tkazilgan tezkor-tergov harakatlari davomida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi ushbu jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. Ular ilgari xitoylik fermerlar qo‘lidi ishlagan.

Gumonlanuvchilarni qo‘lga olish uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari maxsus operatsiya o‘tkazgan. Uch nafar o‘zbekistonlik Rostov viloyatida, yana biri Krasnodar o‘lkasidagi aholi punktlaridan birida ushlangan.

Tergovga ko‘ra, jinoyatga pul sabab bo‘lgan. Jinoyatchilar 22 iyul kuni tunda o‘g‘irlik uchun issiqxona xo‘jaligiga kelgan. Xitoylik er-xotinni qiynoqqa solib, keyin bo‘g‘ib o‘ldirishgan. So‘ng, ular 3,9 million rublni o‘g‘irlab, xorijga yashirinishga uringan.

Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchilarning bari qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qotillik

Baholaganlar

358

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing