Tarvuzni arzonga bermagan sotuvchi pichoqlandi

3-sahifa

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik sotuvchi tarvuzni arzonroq narxda sotishdan bosh tortgani uchun xaridor tomonidan pichoqlab ketildi. Bu haqda “Gazeta.ru”  nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 13 avgust kuni  Xudojnikov prospektidagi meva-sabzavot do‘konida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs ushbu shoxobchada ishlaydigan 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosining oldiga kelib, undan tarvuzni arzon narxda sotishini so‘ragan. Sotuvchi narxni tushirishga rozi bo‘lmagach, xaridor o‘zbekistonlikning oshqozon qismiga pichoq urgan. Shundan keyin erkak voqea joyidan qochib ketgan.

Jabrlanuvchi esa shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya holatni o‘rganishni boshlagan. Hujum qilgan shaxs ayni damda qidirilayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Novosibirsk viloyatida hamyurtiga pichoq bilan 78 marta zarba berib o‘ldirgan o‘zbekistonlik erkak 9 yilu 6 oyga qamalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya tarvuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing