Rossiyada supermarket kuchli portlash natijasida vayron bo‘ldi (video)

Olam

Bugun, 12 fevral kuni Rossiyaning Vladikavkaz shahrida kuchli portlash yuz berdi. Butun boshli supermarket vayron bo‘ldi.

“Gagkayeva ko‘chasidagi supermartkeda portlash sodir bo‘ldi”, degan favqulodda xizmatlar vakili.

Portlash natijasida yong‘in kelib chiqmagan, biroq bir qavatli bino butkul vayronaga aylangan.

Binoda tunab qolgan zargar qutilishga ulgurgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerda boshqa hech kim bo‘lmasligi kerak.

Portlashga gaz va havo aralashmasi sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti. Negaki, yerto‘lada kislorod ballonlari saqlangan.

Hozirda 100 ga yaqin odam vayronalarni tozalashmoqda, tez orada ularga yana 100 nafar qutqaruvchi qo‘shiladi. Tergov qo‘mitasi surishtiruv boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

447

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing